avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

TA’LIM TIZIMIDA O‘QUV FANLARNI INTЕGRATSIYALASHNING AYRIM ASPЕKTLARI

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Norbek TAYLAQOV,
Toshkent shahar XTXQTMOI rektori,
Akram  SUYAROV,
Samarqand DU o‘qituvchisi
 
 
TA’LIM TIZIMIDA O‘QUV FANLARNI INTЕGRATSIYALASHNING AYRIM ASPЕKTLARI
 
Maqolada ta’lim tizimida o‘quv fanlarni integratsiyalashning ayrim aspektlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mualliflar fanlararo aloqadorlikni  amalga oshirish yo‘llari hamda ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar  bazasini yaratish va undan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator tavsiyalarni berib o‘tishgan.
Kalit so‘zlar. Integratsiya, integratsiyalash, fanlararo aloqadorlik, ta’lim muassasasi, axborotlar, bazasi.
 .
В статье рассмотрены некоторые аспекты интеграции учебных предметов в системeобразования. Определеныпути реализации межпредметной связи, а также  условия создания информационной среды и информационной базы, даны рекомендации по их эффективному использованию.
Ключевые слова.Интеграция, интегрирования, взаимосвязь учебных предметов, образовательное учреждение, аспекты.
 
In еруarticle some aspects of integration of subjects in system of education are considered. Ways of realization of interrelation of subjects, and also conditions of logic drawing up of plans of subjects are opened.
Key words. Integration, integrating, interrelation of subjects, education, of logic drawing.
 
Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan  islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, an’anaviy o‘qitish mazmunini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini  integratsiyalash, o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar  bazasini yaratish va undan samarali foydalanish, o‘quv, me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi.
Integratsiya – lotincha so‘z bo‘lib, tiklash, to‘ldirish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish degan ma’nolarni anglatadi.
Ta’limda bilimlar integratsiyasi yoki fanlararo bog‘lanishdan ko‘p foydalaniladi. Ta’lim tizimidagi  global muammolardan biri o‘quv fanlarini integratsiyalash va tabaqalashtirish hisoblanadi.
Integratsiyalash fanlar o‘rtasida tarkibiy bog‘lanishni mustahkamlash, ularni umumlashtirish, o‘quvchi-talabalarninng tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qilsa, tabaqalashtirilgan ta’lim talabalarga  mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim berishni nazarda tutadi.
 Integratsiyalash muammosini hal etish ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida zamonaviy axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur jarayonni to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini oshiribgina qolmasdan, o‘qitishning loyihaviy yaratuvchanlik modeli asosini  ta’minlaydi.
Axborotlar ko‘lamining kun sayin o‘sishi, talabalarga beriladigan bilimlar hajmining ko‘payishiga, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar miqdorining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z  navbatida talabalarga psixologik jihatdan og‘irlik qilib, ularning bu fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini susaytirmoqda hamda bilimlarni o‘zlashtirish darajasining  pasayishi kuzatilmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun o‘quv fanlarini integratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli hal etish zarurati lozim.
Integratsiya tufayli talabalar bilishlari zarur bo‘lgan axborotlar hajmi ma’lum darajada qisqaradi, talabalar  zo‘riqishining oldi olinadi va vaqt tejaladi.
Ta’lim muassasasining  maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda  muayyan fanning  ichki va tashqi aloqalarini o‘rganish, uning boshqa fanlarga tatbiqini ta’minlash o‘quvchining nafaqat bilish doirasini kengaytiradi,  balki unga atrof-muhit haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lishi, dunyoqarashining shakllanishi, shuningdek, mavjud bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishiga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik lug‘atlarda “predmetlararo aloqalar” tushunchasi o‘quv dasturlarining o‘zaro moslashuvi sifatida ta’riflanadi. Ta’lim jarayonidagi predmetlararo aloqalar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, talaba o‘z faolligini tanish predmet bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga  yoki aniq o‘rnatilgan predmetlaro aloqalar asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Predmetlararo aloqalarni  o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligini kuzatiladi.
Predmetlararo aloqadorliklar har bir o‘quv predmeti uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli  fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin.
Fan asoslarini tashkil etadigan bilimlarni o‘rganishda ular o‘rtasidagi aloqalarning fan asoslari orasidagi aloqalarga mosligini unutmaslik kerak. Циклическая диаграмма     
1-rasm.Fan asoslari orasidagi aloqalar
 
 Predmetlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy-qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak.
Ta’limda integratsiyani qaror topdirishda quyidagi  vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi:
§      ixtisoslik yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish obyektlarini tanlash;
§      ta’lim muassasasi hamda ishlab chiqarish subyekti o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish imkoniyatlarini aniqlash;
§      ishlab chiqarish subyekti bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning barqarorligini ta’minlovchi shartlarni belgilash.
Fanlararo aloqadorlik o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, metod, usul va vositalari)ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Fanlararo aloqadorlikni  amalga oshirish yo‘llari  quyidagilar:
·                        turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin;
·                        umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir
xil yondashuvni ta’minlash;
·                        bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash;
·                        bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish.
Ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki o‘rgatuvchi, modellashtiruvchi, namoyish etuvchi va nazorat qiluvchi pedagogik dasturiy vositalar o‘quvchilarga bilimlarni umumlashtirish va sintezlash, bilish va masalalar yechishning umumlashgan metodlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
O‘quv   fanlar rejasini o‘zaro aloqadorlikda mantiqiy tuzish shartlari quyidagilar:
·                        turli o‘quv predmetlarida ko‘rib chiqiladigan ob’ektlar orasidagi aloqadorlik o‘rnatish;
·                        turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlikni tashkil etish;           
·                        tadqiqot usullari va talabalarning amaliy faoliyatlari orasidagi aloqadorlikni yuzaga keltirish;
·                        fizik qonuniyatlar va falsafiy tushunchalar orasidagi aloqadorlikni yaratish;
·                        hisob-o‘lchov va grafik xarakterdagi aloqalarni o‘rnatish;
·                        pedagogik, psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlikni tashkil etish.
 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Taylaqov N.I. Uzluksiz ta’lim tizimida informatikani uzviy o‘qitishning fundamental asoslari //Uzluksiz ta’lim. –2005. –№4. –B. 33–38.
2.Галиченко А.Ю. Реализация междисциплинарной интеграции в образовательном процессе ВУЗов культуры и искусств. Интеграция образования.№2, 2009. 
3.Данилюк А.Я. Теория интеграции образования. Ростов-на-Дону: Изд-во РПУ, 2000. 
4.Липотникова И.Г., Нефедорова А.С. Реализация механизмов интеграции образования при обучении студентов математике/ Саранск, Интеграция образования № 1, 2009. — с. 111-114. 
5.Носков М.В., Шершенева В.А. Междисциплинарная интеграция в условиях компетентностного подхода. – Москва; Высшее обраование сегодня. № 9, 2008 — с. 23-25. 
 
 
 

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Axmaran NISANBAYЕVA,
Nizomiy nomidagi TDPU  o‘qituvchisi 
 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
 Maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini o‘stirish muammolari ochib berilgan. Unda og‘zaki va yozma nutqning muhim xususiyatlari, ichki va tashqi nutq ustida ishlashning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga shaxsni  shakllantirishda  nutqni  rivojlantirishning ahamiyatli tomonlari bayon qilingan.